“O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Farrux Islomjonovich Tursunov O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimiga tayinlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov
Toshkent shahri, 2011 yil 6 dekabr.
